Loading...

BBC World News xalqaro telekanalida O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha reklama kampaniyasi o‘tkazildi.

2023-yilda “BBC World News” xalqaro telekanalining Yevropa, Shimoliy Amerika (Nyu-York) va Tinch okeani mintaqasida (Gonkong) O‘zbekiston sayyohlik brendini targ‘ib qilish bo‘yicha kommunikatsiya loyihasi nafaqat reklama kampaniyasini, balki “BBC World News” telekanalining O‘zbekiston haqidagi to‘liq o‘lchamli formatdagi 23 daqiqalik “BBC Travel Show” tahririyat dasturi maxsus nashrini ishlab chiqish va namoyish etishni ham o‘z ichiga oldi.