Rossiya Turoperatorlari Assotsiatsiyasining “O‘zbekistonga xush kelibsiz!” loyihasi.
Rossiya Turoperatorlari Assotsiatsiyasi (ATOR) bilan hamkorlik doirasida “O‘zbekistonga xush kelibsiz” loyihasi ishga tushirildi. Loyiha VKontakte, Telegram, Odnoklassniki kabi ijtimoiy tarmoqlarda va Assotsiatsiya saytida faol targ‘ib qilindi. 12 oylik faol strategiya Rossiyaning professional turizm biznesiga (B2B) ham, potentsial turistlarga ham (B2C) qaratilgan bo‘lib, O‘zbekistonga sayyohlik oqimini kuchaytirish va oshirishga yordam beradi.