Loading...

2024-yilning 26-29-sentabr kunlari Tokio shahrida “Tourism EXPO Japan” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda, unda O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi milliy stend bilan ishtirok etmoqda.

Qo‘mita raisi U.Shodiyev boshchiligidagi delegatsiya tarkibidan “Uzbekistan airways” AJ va mamlakatimizdagi yirik sayyohlik kompaniyalari vakillari bor.

O‘zbekiston stendida mamlakatning boy turizm salohiyati va madaniy merosi taqdimotlari o‘tkazilmoqda, Yaponiyadan kelgan sayyohlar sonini oshirish maqsadida sayyohlik kompaniyalari vakillari “B2B” uchrashuvlarini o‘tkazmoqda, shuningdek, tashrif buyuruvchilarni yangi sayyohlik yo‘nalishlari va mavjud turizm salohiyati bilan tanishtirmoqda.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarga o‘zbek musiqa guruhi ishtirokida milliy musiqalar, an’anaviy qo‘shiqlar va o‘zbek xalq og‘zaki ijodidan iborat konsert dasturi namoyish etilmoqda.