Loading...

2025-yilda O‘zbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” doirasida Turizm qo‘mitasi tomonidan pokistonlik professional fotograflarning mamlakatimizga tashrifi tashkil etildi.

Mazkur tashrif davomida xorijiy ijodiy guruhi tomonidan mamlakatimizning turistik manzillari — Farg‘ona vodiysi, Samarqand, Buxoro viloyatlari va Toshkent shaharlarining diqqatga sazovor tarixiy va madaniy ob’ektlarni, shuningdek, zamonaviy inshoot va obidalarni tasvirga olindi.

Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekistonning boy moddiy va nomoddiy merosi, turizm infratuzilmasi va zamonaviy rivojlanishini Janubiy Osiyo davlatlari, jumladan, Pokistonda keng targ‘ib qilish.

Fotograflar tomonidan olingan suratlar saralanib, Turizm qo‘mitasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston pokistonlik fotograflar nigohida” (Uzbekistan Through the Lens of Pakistani Photographers) nomli maxsus fotoalbom tayyorlanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek. loyihaning navbatdagi bosqichida Pokistonning yirik shaharlari — Islomobod, Lahor, Karachi va boshqa markazlarda O‘zbekistonning turistik salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan ko‘rgazmalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur tashabbus O‘zbekistonning xalqaro turizm maydonidagi imidjini mustahkamlash, ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va sayyohlik aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.