Xabar berganimizdek O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan mamlakatimiz durdonasi bo‘lmish Samarqand shahrining turistik salohiyatini namoyish qilish maqsadida “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” mavzusidagi videorolik uchun professional darajadagi ssenariylar tanlovi eʼlon qilingan edi.

Joriy yilning 8-may kuni tanlov g‘olibi Abbos Baxramovich Xurramovni 30 million so‘m pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.