Loading...

Xitoyda “Trip.com” bilan hamkorlikda PR kampaniyasi o‘tkazildi.

Xorijiy sayyohlarning O‘zbekistonga tashrifini ko‘paytirish va Xitoy Xalq Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining sayyohlik imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish maqsadida Xitoyning yirik “Trip.com Ggoup Ltd” onlayn xolding kompaniyasi bilan reklama kampaniyasi o‘tkazildi. “Trip.com” kampaniyasining sayti va mobil platformasi foydalanuvchilari mustaqil ravishda O‘zbekistonga sayohat yo‘nalishlarini tanlash, avia va temir yo‘l chiptalari, turlar, mehmonxonalarni bron qilish va viza ko‘magi haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Onlayn reklama strategiyasi 32 mamlakatda 21 tilda 400 milliondan ortiq foydalanuvchini qamrab oldi.