Loading...

“Euronews” xalqaro telekanali bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida media kampaniya boshlandi.

Fransiya, Ispaniya, Shveytsariya, Italiya, Portugaliya, Turkiya, Vengriya, Germaniya, Lyuksemburg, Irlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Avstriya va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlardagi “Euronews” telekanalida reklama roliklari barcha mavjud televizion platformalarda namoyish etildi, shuningdek, “Euronews” sayti tashrifchilari O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosi va noyob me’morchiligini aks ettiruvchi reklama bannerlarini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.