Loading...

Biz haqimizda

“Milliy PR-markazi” DUK jamoasi Sizni rasmiy veb-saytida kutib olishdan mamnundir

Korxonamizning tashkil topish tarixi 2018-yilga borib taqaladi va Oʻzbekistonda roʻy bergan yirik voqealar – keng koʻlamli iqtisodiy islohotlar: valyuta bozorini liberallashtirishdan tortib, soliq sohasidagi global islohotlargacha boʻlgan davr bilan bogʻliq.  Bu davrda respublika hukumati O‘zbekistonning turizm salohiyatini iqtisodiyotning strategik tarmog‘i sifatida rivojlantirish va targ‘ib qilish yo‘nalishini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Shu maqsadda 2018-yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5326-son Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo’mitasi) tarkibida “Milliy PR-markazi” DUK tashkil etildi va bu sayyohlik sohasidagi ulkan imkoniyatlarga yangicha nazar tashlash, O‘zbekistonning mutlaqo yangi brendini yaratish va uni respublika chegaralaridan tashqarida ham targ‘ib qilish imkonini berdi.

Bizning vazifamiz mamlakatimizning go‘zalligini, qadimiy shaharlarining o‘ziga xosligini va ilgari o‘rganilmagan yo‘nalishlarning noyob jihatlarini butun dunyoga ko‘rsatishdir!

Bugungi kunda Milliy PR-markazi jamoasi O‘zbekistonning turistik brendini mamlakatimiz va xorijda targ‘ib etib, faoliyatning turli yo‘nalishlarini amalga oshirmoqda:

✅Turizm sohasidagi xalqaro koʻrgazmalarda Oʻzbekiston milliy stendi bilan ishtirok etish;

✅Keng turdagi biznes tadbirlarni tashkil etish: brifinglar, davra suhbatlari, matbuot anjumanlari, yirik konferensiyalar, forumlar – O‘zbekistonda bo‘lgani kabi, xorijda ham;

✅ Mamlakatning boy madaniy merosini targʻib qiluvchi tadbirlarni tashkil etish: xalqaro koʻrgazmalar, yarmarkalar, forumlar va festivallar;

✅ Reklama materiallarini (brend-buklar, jurnallar, broshyuralar, bukletlar, flayerlar, press-vollar, korxona logotipi tushirilgan sovg‘a to‘plamlari va suvenirlar) ishlab chiqish va ko‘paytirish.  Tadbirlar va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar uchun reklama materiallarini ishlab chiqarish va tarqatish;

✅ Eksklyuziv foto va video kontent yaratish, drondan suratga olish;

✅ Ijtimoiy tarmoqlarda PR materiallari, maqolalar, press-relizlar, reportajlar, postlarni ishlab chiqish va yozish;

✅Raqamli targ‘ibot.  Noldan boshlab har qanday murakkablikdagi veb-saytlarni ishlab chiqish, shu jumladan targ‘ibot va SEO-optimallashtirish;

✅Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda brendni rivojlantirish va targ‘ib qilish;

Uzbekistan.travel milliy turistik portali va “Uzbekistan Travel” turistik nashri targʻiboti;

Bizning asosiy maqsadimiz e’tiboringizni mamlakatning noyob sayyohlik imkoniyatlariga qaratish, Siz uchun yangi va noma’lum bo‘lgan O‘zbekistonni kashf etishdir. Zero, O‘zbekiston nafaqat Buyuk Ipak yo‘li merosi va YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy shaharlar, balki Tyan-Shan tizmasi va Pomir tog‘larining etaklaridagi g‘ayrioddiy go‘zal tabiat, qadimiy sivilizatsiyalarning muhtasham qasrlari, boy madaniyat va tarix, mazali oshxona va hayratlanarli darajada mehmondo‘st xalq hamdir.

Bog‘lanish uchun ma’lumot

Telefon: +99878 129-09-90, +99899 444-11-90

Manzil: 100015, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Oybek ko‘chasi, 18-uy.

Elektron pochta: info@nationalprcentre.com