Loading...

Xabar berganimizdek Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK tomonidan O‘zbekistonning, xususan, Samarqand viloyatining turizm salohiyatini, madaniy merosini targ‘ib qilish va xorijdagi turistlarni O‘zbekistonga jalb qilish maqsadida “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali doirasida “Eng yaxshi selfi”, “Eng yaxshi foto”, “Eng yaxshi audio, videorolik”, “Eng yaxshi reportaj” kabi nominatsiyalar bo‘yicha tanlov eʼlon qilingan edi.

Tanlov shartlariga asoslangan holda, ishchi guruh a’zolari tomonidan massmedia@nationalprcentre.com ga kelib tushgan “Eng yaxshi selfi”, “Eng yaxshi foto”, “Eng yaxshi audio, videorolik”, “Eng yaxshi reportaj” kabi nominatsiyalar g‘oliblarini ko‘rib chiqish va baholash maqsadida umumiy 26 ta materiallar hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi, dastlab 26 ta materialdan 4 ta yo‘nalish bo‘yicha ishlar saralab olindi, ovoz berish natijalariga asosan, 4 nafar ishtirokchi – “Eng yaxshi selfi – Ruzikulov Sarvarjon Baxtiyorovich, “Eng yaxshi foto” – Xusanov Axrorjon Qurbonaliyevich, “Eng yaxshi audio, videorolik” – Qurbonova Dinora Baxram qizi, “Eng yaxshi reportaj” – Najmiddinov Saloxiddin Djalalitdinovich g‘olib deb topildi.

Joriy yilning 30-avgust kuni “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali doirasida ushbu tanlov g‘oliblariga uyali aloqa vositasi “Xalqaro festivallar direksiyasi” tomonidan taqdim etilgan sovg‘alari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.