O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK tomonidan hududlar salohiyatini ochib beruvchi festival va tadbirlarni rivojlantirishga qaratilgan “Eng yaxshi loyiha” tanlovi e’lon qilinadi.
Ushbu tanlovning o‘tkazilishidan asosiy maqsad O‘zbekistonning, xususan, hududlarning turistik salohiyatini, madaniy merosini targ‘ib qilish va
Madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimiga kiritish maqsadida turizm sohasini rivojlantirish, hududlarning tarixiy va zamonaviy turizm salohiyatini ochib berish hamda ijodiy va innovatsion yondashuvlarni rag‘batlantirishdan iborat.
Tanlovning mukofot jamg‘armasi quyidagicha belgilangan:
– viloyat bosqichi g‘oliblari (har bir hududdan 1 nafar g‘olib) uchun 50 million so‘mdan;
– Respublika bosqichi g‘olibi (bir nafar) uchun 100 million so‘m mukofot puli beriladi.
Eslatma: Ushbu summalar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 377-moddasiga muvofiq daromad sifatida qaraladi va barcha zarur soliqlar (jumladan, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i) ushlab qolingan holda to‘lanadi.
Tanlovga qabul qilinadigan loyihaga qoʻyiladigan umumiy talablar:
Ishtirokchilar tanlovda individual tarzda qatnashadilar.
Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchi quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
– Nizomning 2‑ilovasiga muvofiq ariza (ARIZA NAMUNASI);
– loyihaning moliyaviy asoslarini o‘z ichiga olgan qisqa konsepsiyasi;
– loyiha taqdimoti (PPT formatda).
Tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan hududlar salohiyatini ochib beruvchi festival va tadbirlarni rivojlantirish loyihasi barcha ilova hujjatlari bilan birga PDF shaklida, imzo qo‘yilgan holda faqat tanlov@nationalprcentre.com elektron manziliga yuboriladi.
Tanlov bo‘yicha arizalar 2025-yil 10-avgustdan 25-avgustgacha qabul qilinadi.
Tanlov natijalari Turizm qo‘mitasi hamda tanlov tashkilotchisining www.uzbektourism.uz, www.uzbekistan.travel veb-portallari va ularning Telegram, Instagram, Facebook ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi.
Texnik talablar va tafsilotlar bilan quyidagi havolada keltirilgan Nizom orqali tanishishingiz mumkin: NIZOM.pdf
Qo‘shimcha ma’lumot uchun dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 18:00 ga qadar +998 (78) 129 09 90 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegramdagi @uzbtravelsupport akkauntiga so‘rov yuboring.