TTG Travel Experience Italiyaning eng yirik tadbiri boʻlib, u faqat professionallar uchun moʻljallangan hamda global turizmni targ‘ib qilishga qaratilgan.
Uch kun davomida xalqaro operatorlar va soha yetakchi kompaniyalarining asosiy ishtirokchilari: sayyohlik kengashlari, turoperatorlar, sayyohlik agentliklari, aviakompaniyalar, transport kompaniyalari, joylashtirish vositalari, shuningdek, sayyohlik xizmatlarini, texnologiyalar va innovatsion yechimlarni taqdim etuvchilar Riminidagi ko‘rgazmada ishtirok etadilar.
Ushbu tadbir butun dunyodagi turoperatorlar uchun g‘oyalar markazi, yangi yo‘nalishlar va innovatsiyalarni, turizm formatlarini va iste‘molchilarni ilhomlantirishni aniqlash uchun ma’lumotlar manbayidir.