Loading...

Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali doirasida “Eng yaxshi selfi”, “Eng yaxshi foto”, “Eng yaxshi audio, videorolik”, “Eng yaxshi reportaj” kabi nominatsiyalar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Ushbu tadbir joriy yilning 26-30-avgust kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad, O‘zbekistonning, xususan, Samarqand viloyatining turizm salohiyatini, madaniy merosini targ‘ib qilish va xorijdagi turistlarni O‘zbekistonga jalb qilishdan iborat.

Tanlov quyidagi talablar asosida o‘tkaziladi:

– “Eng yaxshi selfi”, “Eng yaxshi foto”, “Eng yaxshi audio, videorolik”, “Eng yaxshi reportaj” tanlovida videorolik 3 minutlik bo‘lishi, foto sifati talab darajasida bo‘lishi;

– “Eng yaxshi selfi”, “Eng yaxshi foto”, “Eng yaxshi audio, videorolik”, “Eng yaxshi reportaj” tanlovi Samarqand viloyatining diqqatga sazovor joylarini targ‘ib qilishga asoslangan bo‘lishi;

– Adabiy til normalariga javob berishi;

– Asoslantirilgan ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak.

Bu hali hammasi emas! Texnik talablar va tafsilotlar bilan quyidagi havolada keltirilgan Nizom orqali tanishishingiz mumkin: NIZOM.pdf

Media materiallarni topshirish muddati – tadbir doirasida.

Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar media materiallarni massmedia@nationalprcentre.com pochtasiga yuborishlari lozim.

Qo‘shimcha ma’lumot olishni istasangiz, Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi profilimizga ushbu havola orqali yozing: @uzbtravelsupport

“Eng yaxshi selfi”, “Eng yaxshi foto”, “Eng yaxshi audio, videorolik”, “Eng yaxshi reportaj” nominatsiyalarining har bir g‘olibi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Izoh: Tanlovni o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Tanlov tashkilotchisi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladigan taqdirda, bu haqda ijtimoiy tarmoqda e’lon qilinadi.