Loading...

Yangi “Milliy turizm brendi”ga logotip va unga hamohang shior yaratish orqali O‘zbekiston Respublikasining turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targ‘ib qilish, sayohat va dam olish uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imijini yanada mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibotlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida xalqaro va mahalliy marketing va brending konsalting kompaniyalari uchun Turizm qo‘mitasi tomonidan tanlov e’lon qilinadi.

Tanlovning mukofot jamg‘armasi 10 000 AQSh do‘llari hisobanadi.

Tanlovga joriy yilning 25-sentabrichaga bo‘lgan muddatlarda (1 oytanlovbrend@uzbektourism.uz elektron manzili orqali arizalar qabul qilinadi.

Tanlovning vazifalari:

“Milliy turizm brendi”ga doir yangi logotip va unga hamohang shior yaratish, shuningdek ularda hududlarda yaratilgan yangi turizm yo‘nalishlarini, hududlarning turizm xususiyatlarini aks ettirish;

Yangi turizm brendining maqsadli bozorlar (auditoriya) talablaridan kelib chiqib, keyinchalik xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonning tarixiy, madaniy, gastronomik, tibbiy va sog‘lomlashtirish, arxeologik, ekologik va ekstremal kabi turizmning turlari to‘g‘risida kontentlar yaratish.

tanlovda faol qatnashgan logotip va shior mualliflarni munosib rag‘batlantirish.

Arizalar va ilovalarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar 5 kungacha bo‘lgan muddatda Tanlov tashkilotchisi tomonidan mazkur Nizomning ilovalari bilan tasdiqlangan talablarga muvofiqligi o‘rganib chiqiladi.

Tanlovda ushbu sohada kamida 5 yil ish tajribasiga (tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda) ega boʻlgan hamda mahalliy va xorijiy kompaniyalar uchun brend yaratish boʻyicha tanlovlarda (tenderlarda) gʻolib boʻlganligiga alohida e’tibor qaratiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar tomonidan “Milliy turizm brendi”ga logotip va shior yaratishlar (3 ta tilda (uzb, rus, ingliz) tarjimasi bilan) lozim.

Vazirlik huzuridagi Turizm qo‘mitasi tanlovda ishtirok etadigan nomzodlardan kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiquvchi va barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtiruvchi – hisoblanadi va mazkur Nizomga zaruriyatdan kelib chiqib tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi hamda Tanlov shartlari va qoidalarini belgilaydi.

Tanlov tashkilotchisi – Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUK;

Tanlov tashkilotchisi tomonidan tanlov natijalari 2024-yil 30-sentabr kuni rasmiy saytlar (www.uzbektourism.uzwww.uzbekistan.travel) va Telegram, Instagram, Facebook ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida e’lon qilinadi.

Texnik talablar va tafsilotlar bilan quyidagi havolada keltirilgan Nizom orqali tanishishingiz mumkin: NIZOM.pdf